Deputat tibbiy niqoblar eksportini taqiqlashni tavsiya qildi

19:23 05 Mart 2020 Jamiyat
1341 0

Foto: www.google.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish“ umummilliy harakati raisining oʻrinbosari Bobur Bekmurodov oʻzining "Telegram"dagi sahifasi orqali koronavirusni mamlakatimizda tarqalishini oldini olishga doir choralar koʻrishni tavsiya qildi.

“Ortiqcha vahimaga hojat yoʻq, lekin yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari 70 dan ziyod davlatlarda tasdiqlandi va kasallanganlar soni 100 mingga yaqinlashib qoldi. Globalizatsiya sharoitida virusdan izolyatsiyada qolish imkoniyati mavjud emasligi tobora oydinlashib bormoqda", — deydi deputat.

Shuningdek, Oliy Majlis deputati fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi ikkinchi bosqich choralarni koʻrish vaqti kelganini aytdi:

- Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishni cheklash, bolalar va yoshlar ishtirokida ommaviy tadbirlarni taqiqlash;

- Transport qatnovlari cheklangan yoki yoʻlovchilarini karantinga olish nazarda tutilgan davlatlar roʻyxatini keskin kengaytirish;

- Virus bilan kurashishga koʻmaklashuvchi dorilar va shaxsiy himoya vositalari (maskalar, respiratorlar) eksportini taqiqlash va zarur boʻlsa xavfsiz davlatlardan importini qoʻllab-quvvatlash;

- Farmatsevtika bozorini qatʼiy nazoratga olish, virusdan himoyalanish va davolash vositalari narxining spekulyativ oshishiga yoʻl qoʻymaslik;

- Yangi koronavirusni oldini olish boʻyicha TIV, SSV va Investitsiya vazirlari ishtirokida Parlament eshituvini oʻtkazish;

- Bogʻcha va maktablarda kasallanish xavfini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish kabi tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish zarur, deb oʻz soʻzlarini yakunlagan Bobur Bekmurodov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер