Denovda muddati oʻtgan dori vositalarini sotayotgan dorixona fosh qilindi

15:29 07 Mart 2025 Jamiyat
161 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, tezkor tadbir davomida Denov tumanida faoliyat yurituvchi “E.O.” MCHJga rahbari Sh.A. MCHJ dorixonasida turli nomdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dori vositalarini savdoga qoʻyganligi aniqlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, umumiy bahosi 575,4 million soʻmlik jami 198,2 ming dona, shundan 1 ming 396 dona psixotrop, 900 dona kuchli taʼsir qiluvchi hamda 3 ming 146 dona yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini savdoga chiqarilgani fosh boʻlgan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan muddati oʻtgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер