Denov tumanida tadbirkorning 122,1 mln. soʻmlik dori vositasini oʻzlashtirgan mudir aniqlandi

13:53 03 Yanvar 2024 Jamiyat
383 0

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyat, Denov tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda “G.Ph.” MCHJga qarashli dorixona mudiri J.Sh. tadbirkorning oʻziga ishonib topshirilgan 122,1 mln soʻmlik dori vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер