Denis Istomin Meksikadagi tennis turnirni tark etdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Xabaringiz bor, 11-aprel kuni Meksikada tennis boʻyicha «Challenger» tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi. Mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi.
ATP reytingida 296-oʻrinda borayotgan Istomin reytingda 143-oʻrinni egallab turgan amerikalik tennischi Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda hamyurtimiz amerikalik raqibidan 4:6, 6:4, 3:6 hisoblarida magʻlub boʻldi.
Natijada, oʻzbekistonlik tennischi Meksikadagi turnirning 1/8 finalidayoq ishtirokini yakunlandi.
Maʼlumot uchun, “San Luis Potosi” turniri gʻolibi 17-aprel kuni aniqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring