Dekabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1,2 foizga oshgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning dekabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1,2 foizga oshgan.
2022-yil davomida isteʼmol sektoridagi narxlarning oʻsish darajasi 12,3 foizga yetdi.
2022-yilning dekabr oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,7 foizga oshdi.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish 1,1 foizga oshdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring