Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari pora bilan ushlandi
Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari pora olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Mazkur tezkor tadbirda aniqlanishicha, Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari mahalliy fermer xoʻjaligi rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 million soʻm pora talab qilib, shundan 7 million soʻmini oʻzining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring