Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash grafigini toʻldirish tartibi belgilandi
“Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash grafigini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, mazkur yoʻriqnomaga koʻra, grafik deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda bojxona organiga taqdim etiladi:
- tovar(lar)ni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda davriy bojxona toʻlovlarini har oyda yoki yilning har choragida toʻlash maʼlum qilingan taqdirda;
- bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etish boʻyicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash lozim boʻlganda.
Shuningdek, BYD qogʻoz shaklda bojxona organiga taqdim etilgan taqdirda grafik qogʻoz shaklda 4 nusxadan iborat A4 formatdagi varaqlarda taqdim etiladi hamda quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-nusxa – bojxona posti uchun;
- 2-nusxa – deklaratsiyalovchi shaxs uchun;
- 3- va 4-nusxalar – deklarant uchun.
Bunda, grafikning har bir nusxasi deklaratsiyalovchi shaxs va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring