Daʼvo arizasini qanoatlantirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.D. Rossiya davlati fuqarosi A.Sh. va boshqalarning “Oʻ.T.” MCHJga yetkazib bergan ishlab chiqarish uskunalari uchun 3,6 mln AQSH dollarini undirib berish haqidagi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 000 AQSH dollari evaziga qayta koʻrib chiqilishini taʼminlab, daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida qaror chiqartirib berishini aytib, kelishilgan puldan 25 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, qolgan 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring