Davlatimiz rahbari Beshariq tumanidagi imkoniyatlarni ham ishga solish yoʻllarini koʻrsatib oʻtdi

22:01 27 Iyul 2023 Siyosat
567 0

Beshariqni Tojikistonning Soʻgʻd viloyati bilan bogʻlovchi koʻprikdagi ishlar yakuniga yetkazilsa (qurilish ishlari 70 foiz bajarilgan), yoʻl 5 barobarga qisqaradi. Natijada Beshariq Tojikistonning 500 ming aholisi uchun tranzit hududga aylanadi.

Bu Beshariqda kamida 40 million dollarlik servis, savdo, sayyohlik va tibbiyot turizmi obyektlarini barpo qilish uchun katta imkoniyat.

Shuningdek, tumandan oʻtuvchi magistral avtomobil yoʻli boʻyida savdo va servis obyektlarini tashkil qilib, kamida 500 nafar aholini daromadli qilish boʻyicha jami 8 million dollarlik 60 ta loyiha tashabbuskorlari aniqlangan.

Sariqamish koʻlida ekoturizm maskanlarini barpo qilish, ovchilik turizmini yoʻlga qoʻyish uchun tadbirkorlar 10 million dollar investitsiya kiritish taklifini bildirgan. Shu orqali Sariqamish koʻli atrofiga har yili 50 ming nafar sayyohni jalb qilib, turizm xizmatlaridan qoʻshimcha 5 million dollar daromad topish mumkin.

Tumandagi 6 ta mahallada joylashgan sobiq mineral oʻgʻit saqlash omborlari negizida tadbirkorlar 21 million dollar investitsiya kiritish hisobidan meva-sabzavotni saqlash va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish tashabbusini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер