Davlat test markazida qoʻngʻiroqlar markazi ish boshladi

13:04 21 Iyun 2020 Jamiyat
1105 0

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2020-2021-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Davlat test markazida qoʻngʻiroqlar (murojaatlar) markazi tashkil etildi.

Fuqarolar qabul jarayoni bilan bogʻliq qiziqtirgan barcha savollariga 1195 qisqa raqami orqali bogʻlanib, batafsil javob olishlari mumkin.

Markazning ish rejimi:

*  dushanbadan jumagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

* shanba – soat 9:00 dan 17:00 gacha;

* yakshanba – soat 9:00dan 12:00 gacha;

*  tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер