Davlat soliq qoʻmitasi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

11:27 25 May 2021 Iqtisodiyot
1735 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan Abdiyev Jaxongir Ibragimovich Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jaxongir Abdiyev 1982-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2005-yilda Kattaqoʻrgʻon shahar davlat soliq inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlagan.

J.Abdiyev bunga qadar Davlat soliq qoʻmitasi Xavfni tahlil qilish va soliq toʻlovchilarni segmentlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер