Davlat oliygohlariga quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha dastur 110,5 foizga bajarildi

14:13 02 Yanvar 2024 Jamiyat
364 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikadagi barcha davlat oliygohlarida yillik ehtiyojidan kelib chiqib, 89,6 mln kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga ega 44,8 MVt quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha dastur ishlab chiqilgan boʻlib, hozirgi kunda dasturga asosan davlat oliygohlarida jami 49,5 MVt, yaʼni yillik rejaga nisbatan 110,5 foiz quyosh panellari oʻrnatildi va ushbu quyosh panellarini “Yashil energiya” axborot tizimiga toʻliq kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, 13 ta xorijiy oliygohlarda 916 kVt hamda vazirlik va tizim tashkilotlarda 540 kVt quvvatga ega boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi. Bugungi kunda qoʻshimcha ravishda davlat oliygohlari tomonidan tuzilgan 25,3 mlrd soʻmlik shartnomalar doirasida yana 2,5 MVt quvvatga ega quyosh panellarini oʻrnatish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Shuningdek, oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida oʻz xonadonlarida quyosh panellarini oʻrnatish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Hozirda vazirlik rahbariyati va 38 ta oliygohlar rektorlari tomonidan jami 134,8 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʻz xonadonlarida oʻrnatilgan.

Ushbu oʻrnatilgan quyosh panellari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga ulangan boʻlib, yiliga 269,6 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda hamda oʻz ehtiyojlari va qoʻshimcha daromad olish imkoniyatini yaratmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер