Davlat xaridlarini amalga oshirilishi sohasida 373 ta tanlash (tender) savdolarida Qonun buzilish holatlari aniqlangan

16:03 27 Oktyabr 2022 Jamiyat
490 0

Foto: Arxiv surat

Davlat xaridlarini amalga oshirilishi sohasida jami boshlangʻich qiymati 631,2 mlrd. soʻmlik 936 ta tanlash (tender) savdolari oʻrganilib, shundan shartnoma qiymati 67,5mlrd. soʻmlik 373 ta tanlash (tender) savdolarida Qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Hududdagi 13 ta tuman hokimliklari tomonidan qabul qilingan 50 153 ta hujjatlari (qarorlari, farmoyishlari) oʻrganilgan va 8 ta tuman hokimliklari tomonidan qabul qilingan 79 ta hujjatlarida Qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Insofsiz raqobat holatlarini aniqlash yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilib, oʻrganishlar davomida 26 ta holatda Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilgan va ish qoʻzgʻatilgan.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish masalalari boʻyicha jami 757 ta murojaat kelib tushgan. Bugungi kunda maxsus komissiya tomonidan 561 589 000 ming soʻm miqdorida ortiqcha olingan mablagʻlar isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha qarorlar qabul qilinib, tegishli koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер