Davlat dasturi loyihasidan tibbiyotga doir qanday vazifalar oʻrin olgan?
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Xususan, dastur loyihasida sogʻliqni saqlash tizimida quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
— 18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va natijalariga koʻra ularni sogʻlomlashtirish;
— buyrak kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha skrining amaliyotini joriy etish;
— 3-18 yoshli 9,8 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha ommaviy va selektiv skriningdan oʻtkazish;
— 6-23 oylik boʻlgan jami 1,2 mln nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash;
— aholiga oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilish va toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish.
Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring