Davlat byudjeti daromadlari oshdi

13:21 26 Avgust 2020 Iqtisodiyot
805 0

Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yalpi majlisida maʼlum qildi.

2020-yil I yarim yillikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln. soʻmni tashkil etib oʻtgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trln. soʻmga koʻp mablagʻlar undirildi.

Mart oyining uchinchi dekadasidan karantin boʻyicha qatʼiy cheklovlar kiritilishi ayrim yoʻnalishdagi tadbirkorlik faoliyatining toʻxtashi yoki faolligining qisqarishi tufayli hamda berilgan soliq imtiyozlarini ham inobatga olgan holda, II chorakda soliq daromadlari I chorakga nisbatan -1,7 trn. soʻm yoki 7 foizga pasaydi.

Umuman olganda, 2020-yil 1-iyul holatiga soliq tushumlari 45,9 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yil mos davriga nisbatan 6,8 trln. soʻmga (17,2 foiz) koʻp mablagʻlar undirilgan.

Tushumlarni asosiy soliqlar kesimida qisqacha tahlil qiladigan boʻlsak, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 14,3 trln. soʻmni tashkil etdi va bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. soʻmga kamayib, yillik prognozga (44,2 trl. soʻm) nisbatan esa 32 foizni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер