Davlat bojxona qoʻmitasida 5 nafar xodim ishdan boʻshatildi va tergov organlariga topshirildi

17:03 15 Noyabr 2022 Siyosat
511 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Akmal Mavlonov huzurida xizmat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qoʻmita raisi 5 nafar xodimni ishdan boʻshatdi va tergov organlariga topshirdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida joriy yil iyun-sentyabr oylarida olib borilgan tezkor oʻrganish ishlari natijasida, olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk avtotransport vositalarini hujjatlarda goʻyoki boʻsh holatda deya koʻrsatgan holda olib chiqilganiga doir fakt va dalillar aniqlangan.

“Oybek” chegara bojxona posti boshligʻi oʻrinbosari va 3 nafar xodimi shu kunning oʻzida bojxona organlaridan boʻshatildi va tergov organlariga topshirildi.

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona postida aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holati ham tanqid ostiga olindi. Mazkur post smena boshligʻi ham bojxona organlaridan boʻshatildi.

Yigʻilishda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер