“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritildi
Foto: Illustrativ foto
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–816-son, 06.02.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
Haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash ustunida (29-ustun) haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring