“Davlat belgisi” DUK qogʻoz ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi

07:18 31 May 2023 Iqtisodiyot
842 0

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari oʻzaro hamkorligida innovatsiyaviy usulda tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan himoyalangan qogʻozlarni tayyorlash boʻyicha izlanishlariga patent berdi.

Banknotlar, qimmatli qogʻozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan qogʻoz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor Oʻzbekistonda ishlab chiqildi.

Mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan qimmatbaho qogʻozni boshqa turdagi qogʻozlardan ajratish imkoniyati paydo boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер