DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori boshchiligidagi delegatsiya IT-Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi
27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni qirolligining DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rajit Nanda boshchiligidagi delegatsiya IT-Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov hamrohlik qilib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi.
Bundan tashqari, tashrif chogʻida Oʻzbekistonda IT-sohasiga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, IT Park va Uzinfocom faoliyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, IT-taʼlim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring