“DataSite Namangan” kompaniyasi 1,2 million dollar foyda keltirdi
Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyida “DataSite Namangan” kompaniyasi 1,2 million dollar qiymatdagi dasturiy taʼminotni eksport qildi. Namangan viloyati axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda ushbu tashkilotda 80 dan ziyod yosh dasturchilar ishlashmoqda.
Ularga sharoit yaratish uchun viloyat hokimining tashabbusi bilan Davlat xizmatlari markazi va Monomarkaz binolarida joy ajratib berildi va bu koʻmak oʻz natijasini bermoqda.
— Keyingi yilda xodimlarimiz sonini ikki barobarga oshirib, 150 nafarga yetkazish rejamiz bor. Bu bilan ish hajmini toʻrt barobarga koʻtaramiz. Bunga imkoniyatlarimiz yetarli. Xalqaro tenderlarda faol ishtirok etmoqdamiz. Soʻnggi ikki tanlovda hindistonlik hamkasblarimizdan yaxshiroq takliflarimiz bilan Buyuk Britaniya va Amerika kompaniyalari buyurtmalarini yutib oldik, — deydi kompaniya menejeri Muhiddin Xasanov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring