Darigʻa Nazarboyevaning oʻrniga Senatga yangi spiker saylandi
Qozogʻiston parlamentining yuqori palatasi deputatlari prezident administratsiyasi rahbarining sobiq birinchi oʻrinbosari Maulen Ashimbayevni Senat raisi etib sayladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

“Maulen Ashimbayev Senat raisi etib saylandi”, dedi deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi prezident Qosim-Jomart Toʻqayevning qarori asosida Senat deputati Darigʻa Nazarboyevaning vakolatlarini tugatgan edi. Prezident unga yuqori palataning spikeri sifatida faol va samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.
49 yoshli Ashimbayev Qozogʻiston Prezidenti administratsiyasi rahbari birinchi oʻrinbosari vazifasini bajargan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring