Daraxt kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

13:51 21 Noyabr 2023 Jamiyat
187 0

Endilikda daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesadigan fuqaro yoki mansabdor shaxs amalda belgilangan jarima miqdoridan oʻrtacha besh barobar koʻp jarima toʻlashga majbur boʻladi.

Shuningdek, daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham katta miqdordagi jarima undiriladi.

Yaʼni, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 million soʻmgacha moliyaviy jarima toʻlashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup koʻchat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер