Daniyada qorakuzanlar odamlarga koronavirus yuqtirmoqda. 17 million jonivor yoʻq qilinishi mumkin
Fotо: Getty Images
Daniyada oktyabr oyining oʻrtalaridan buyon qorakuzanlar mutatsiyaga uchragan koronavirusni odamlarga yuqtirmoqda.
“Ekstra Bladet” nashrining Daniya tadqiqot institutiga tayanib yozishicha, iyun oyining boshidan to oktyabr oyining oʻrtalariga qadar koronavirusning mutatsiyaga uchragan koʻrinishi 214 kishida, asosan, Shimoliy Yutlandiyada aniqlandi.
Avvalroq, Daniya hukumati mamlakatdagi barcha 15-17 million atrofida qorakuzanlarni yoʻq qilinishini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring