Daniya koronavirusga qarshi yana bir vaksinadan voz kechdi
Daniya hukumati mamlakatda AQSHning “Johnson & Johnson“ kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini qoʻllashni taqiqlagan. Bu haqda mahalliy ”TV2” telekanali xabar bermoqda.
Ushbu qaror preparat qon quyuqlashishi — tromboz keltirib chiqarishi sababli qabul qilingan. Shunday qilib, Daniya hukumati ikkita vaksina — “Jonson & Jonson” va “AstraZeneca“dan voz kechgan birinchi mamlakatga aylandi.
Aprel oyi boshida AQSHning masʼul idoralari emlanganlarda tromboz paydo boʻlayotgani sababli “Jonson & Jonson” vaksinasidan foydalanishni taqiqlamoqchi edi. Mamlakatda 6,8 million nafardan ortiq vaksina olganlar orasida oltita ogʻir tromboz holati qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring