“Damas” oʻgʻrilari qoʻlga tushdi
2023-yil 22-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan fuqaro viloyat IIB 102 tizimiga murojaat qilib, shu kunga oʻtar kechasi oʻziga tegishli Damas rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga eshiklarini ochiq holda kalitini oʻzida qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.
Avtomashina Namangan shahar “Gʻuncha” MFY hududidan oqib oʻtgan “Shimoliy Fargʻona kanali”dan topilgan.
Namangan viloyati IIB JQB, 2-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf oʻquvchisi, 2008 va 2007-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring