Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻlishi aytildi

20:34 20 Iyun 2025 Jamiyat
362 0

Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 20-iyun kuni kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha 34-37 daraja boʻlgan nisbatan qulay harorat fonida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

21-22-iyun, dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Faqat togʻoldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va choʻl hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida boʻladi, 21- va 22-iyun kunlari 37-40 darajagacha koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер