Dam olish kunlari harorat biroz koʻtariladi

13:06 17 Aprel 2026 Jamiyat
132 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 17-19-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Boshqa hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18 daraja iliq boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari mamlakatning koʻplab hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yakshanba, 19-aprel kuni Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Yakshanba, 19-aprel kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha shamol esishi kutilmoqda, chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Dam olish kunlari harorat asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat 20-25 darajaga, janubda esa 26-28 darajaga koʻtariladi.

Respublikaning togʻli hududlarida 17-19-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер