Dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qoʻyildi
Foto: president.uz
Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qoʻshimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xoʻjaliklari oʻz ishchilari va ehtiyojmand aholiga oʻn yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.
Bunda, fermerlarga oʻrdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.
Dala chetlariga uzum koʻchatlari va kadi urugʻlarini, tut koʻchatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring