"COVID-19"ga qarshi vaksina olgan Pokiston prezidenti koronavirus yuqtirib olgan
Foto: AP
Pokiston prezidenti Orif Alvi “COVID-19”ga qarshi vaksina olgan boʻlsada, infeksiyani yuqtirib olgan.
Bu haqda u oʻzining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida maʼlum qilgan. Qayd etishicha, u vaksinaning birinchi dozasini olgan. Antitanachalar esa, bir hafta oʻtgach qabul qilinishi lozim boʻlgan ikkinchi dozadan keyin paydo boʻla boshlaydi.
Manbaga koʻra, Orif Alvi 19-mart kuni, mamlakatda 70 yoshdan oshganlar guruhida birinchilardan boʻlib koronavirusga qarshi emlangan.
Shuningdek, Ukraina bosh sanitariya shifokori Viktor Lyashko “AstraZeneca” bilan emlanganidan soʻng koronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻldi. Uning aytishicha, emlashdan 13 kun oʻtgach infeksiya bilan zararlangan. U qabul qilgan preparat Hindistonda ishlab chiqarilgan boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring