“Covid-19”dan himoyalanishning “shved modeli” qanchalik samara berdi?

00:55 29 Sentyabr 2020 Dunyo
1368 0

Foto: Reuters

Shvetsiyada, koʻplab Yevropa mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, endilikda “Covid-19” bilan kasallanganlar sonida yangi oʻsish holati kuzatilmayapti.

Pandemiyaning ikkinchi toʻlqinining yoʻqligi esa shvedlarning “karantinsiz strategiyasi” muvaffaqiyatiga yana bir dalil boʻlishi mumkin. Biroq, yakuniy natijani pandemiya tugagandan soʻng olish mumkin.

Shvetsiya shaharlari koʻchalarida hozirda dunyoning boshqa shaharlariga tanish boʻlgan karantin qoidalarini sezish qiyin. Zero, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashning “shved modeli” deb ataladigan yoʻl aynan tabiiy ravishda aholi orasida jamoaviy immunitet rivojlanishiga asoslangan holda cheklovlardan voz kechishni nazarda tutadi.

Bu yerda odamlar niqob taqishmadi, doʻkonlar, restoranlar va taʼlim muassasalari mamlakat boʻylab umuman yopilmadi. Qattiq tanqidchilarga ham, uni qoʻllab-quvvatlagan tarafdorlarga ham ega boʻlgan strategiya Shvetsiyaning oʻzida juda mashhur boʻlib ketdi.

Shu bilan birga, ushbu mamlakatda ham yangi sanitariya qoidalari joriy etildi: 50 kishidan ortiq boʻlib toʻplanish taqiqlandi, xavfsiz masofani saqlash va istagan holatda uyda ishlashga ruxsat berildi.

Bir qarashda, Shvetsiya tajribasi natijalari umidsizlik holatini keltirib chiqaradi. Zero, “Covid-19” qurbonlari soni bu yerda qoʻshni Daniya, Norvegiya va Finlyandiyaga qaraganda ancha yuqori. Ammo hududdagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻlimlar soni eng qattiq karantin cheklovlari joriy etilgan baʼzi Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past.

Oʻz navbatida, koronavirusdan toʻliq xalos boʻlish mumkin emas deb hisoblayotgan Shved strategiyasining mafkurachilaridan biri, mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell "Bizning vazifamiz uni nazorat ostida ushlab turishdir. Hozirgacha biz bunga erishdik. Bugun klinikalarimizda “Covid-19” bilan kasallangan yangi bemorlar yoʻq, bizning tibbiyot tizimimiz haddan tashqari bosim ostida emas. Shuningdek,  xastalikning tarqalish darajasi ham qoniqarli. Umid qilamizki, vaksinaning paydo boʻlishi bilan holat yana-da yaxshilanadi", deya taʼkidlamoqda.

Biroq, ushbu xastalikni boshdan oʻtkazgan aholi nuqtayi nazaridan, rasmiylarning infeksiya tarqalishiga munosabati ishonchli koʻrinmayapti.

“Menimcha, ushbu infeksiya olib kelgan xavfni oldinroq anglashimiz kerak edi”, deydi koronavirusga chalinib, undan xalos boʻlgan, ammo “Covid-19” tashxisi qoʻyilganidan olti oy oʻtgach ham doimiy taxikardiya va nafas olish muammolaridan shikoyat qilayotgan fuqarolardan biri Emma Martensson.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер