“Covid-19” pandemiyasini birinchilardan boʻlib yengadigan mamlakat maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Shvetsiya koronavirus pandemiyasiga nuqta qoʻyish uchun zarur boʻlgan 60-70 foiz immunitet koʻrsatkichiga erishadigan birinchi mamlakat boʻlishi mumkin.
Bu haqda rossiyalik immunolog, oʻta xavfli infeksiyalar boʻyicha mutaxassis Vladislav Jemchugov maʼlum qilmoqda.
“Virus ”ozodlik"ka chiqarib yuborildi. Va bu tamoyil epidemiya oʻzi toʻxtagan chogʻda kerakli immunitet koʻrsatkichiga tezroq yetishish uchun yaxshi yoʻnalishdir. Ular tibbiy sohadagi, xususan, ogʻir bemorlarning koʻpchiligini qutqarish uchun imkoniyatlari yetarliliga ishonch hosil qilib shunday qarorga keldi", deydi Jemchugov.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, ayni paytda Shvetsiyada haqiqatan ham koronavirusni yuqtirib olish bilan bogʻliq koʻplab holatlar mavjud, ammo oʻlimlar soni kam.
“Menimcha, Shvetsiya immunitet koʻrsatkichining 60-70 foiz darajasiga birinchi boʻlib erishadi. U yerda shunchaki kasal boʻladigan odam qolmaydi, hamma kasallikni boshdan oʻtkazadi”, deydi Jemchugov.
Tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, Shvetsiyada hozirga qadar 121 ming kishida koronavirus aniqlangan, 5,9 mingdan sal koʻproq bemor vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring