Covid-19 infeksiyasi qachongacha davom etishi bilan bogʻliq keyingi vaziyat toʻgʻrisida hech nima aniq emas
Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:
Savol: Odamzod vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirus kasalligi bilan kurashib yashayveradimi?
Javob: Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shugʻullanmoqda. Viruslar esa mutatsiyaga moyil boʻlishadi. Balkim, koronavirusning hamma tipiga taʼsir qiladigan universal vaksina ishlab chiqish kerak boʻlar.
Vaksinani ishlab chiqish, klinik sinovdan oʻtkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qoʻllashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.
Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qoʻlni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak.
Savol: Koʻp olimlar kasallik boʻyicha izlanish olib boryapti. Olimlar virus qachongacha davom etishini bashorat qilishdimi?
Javob: Hech kim 2020-yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarini qulashini, na fond bozorlaridagi shoʻngʻishni bashorat qila olmagan, shu jumladan, kasallik borasida ham keyingi vaziyat toʻgʻrisida hech nima aniq emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring