COVID-19 haqida yolgʻon axborot va raddiyalar: Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olganlardan 1 nafari vafot etganmi?

15:58 24 Mart 2020 Jamiyat
1306 0

Foto: www.google.com

 

1. “The Asia Times” xorijiy portalda Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olganlardan 1 nafari vafot etgani toʻgʻrisida maqola chop etildi — bu feyk xabar. 

2. Telegram messenjerining ayrim kanal va guruhlarida yurtimizdagi aptekalarda koronavirusga qarshi dori vositasi sotilayotgani toʻgʻrisida eʼlonlar tarqalmoqda — bu feyk xabar. (Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yoki preparatlar mavjud emas)

3. Telegram messenjerida Buxoro viloyati Jondor tumanida 2 fuqaro koronavirusga chalingani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi — bu feyk xabar.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda “Har bir fuqaroga haftasiga 300 ming soʻmdan berilishi” haqida xabarlar tarqatildi — bu feyk xabar.

5. Ijtimoiy tarmoqlar amerikalik olimlar tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ixtiro qilingani va u bemor tanasiga yuborilganidan keyin 3 soat ichida taʼsir koʻrsatishni boshlashi haqida xabarlar tarqatildi- bu feyk xabar.

Eslatib oʻtamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер