“COVID-19” tarqalishi fonida xavfli kasallik aniqlandi. U koronavirusdan ham xavfliligi aytilmoqda

23:17 11 Noyabr 2021 Dunyo
1777 0

Illyustrativ foto

Epshteyn-Barr virusi keltirib chiqaradigan mononuklyoz mavsumiy infeksiyalarga va “COVID-19”ga oʻxshash alomatlarga ega. Bu haqda Turkiyaning “Sabah” nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, mononuklyozning boshqa yuqumli kasalliklardan asosiy farqi limfa tugunlarining kattarishi hisoblanadi. Bundan tashqari, alomatlar orasida bodomsimon bezlarning shishishi, jigar va taloqning shikastlanishi ham mavjud.

“COVID-19 tarqalish jarayonida mononuklyozni aniqlash oson emas. Farqni limfa tugunlari, bodomsimon bezlar, jigar va taloqning kattalashishi bilan tushunish mumkin”, deyiladi nashrda chop etilgan maqolada.

Taʼkidlanishicha, mononuklyozning nisbatan sekin rivojlanadi. Uning alomatlar orasida isitma, bosh ogʻrigʻi, turli ogʻriqlar, zaiflik, toshma va limfa shishi mavjud. Bularning barchasi infeksiya bilan zararlangandan toʻrt-olti hafta oʻtgach oʻzini namoyon qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер