“Cobalt” avtomobili yoʻlovchisidan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi
“Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Kobalt rusumli avtomobil yoʻlovchisining sumkasidan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 4-avgust kuni “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi IIB xodimlari tomonidan toʻxtatilib tekshirilganda, avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan O.J.ga tegishli sumkada 1.64 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Qoʻrgʻontepalik ogʻufurush qirgʻizistonlik narkosavdogardan sotib olingan 2 kg “gashish” moddasini oʻz avtomashinasida olib ketayotganda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring