Chustda liftsozlik korxonasi ishga tushdi

13:11 08 Aprel 2025 Jamiyat
165 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyatining yil sayin sanoatlashib borayotgan Chust tumanida navbatdagi yirik loyiha ijrosi bilan import oʻrnini bosuvchi mahsulot – lift va eskalatorlar ishlab chiqarish oʻzlashtiridi. “Chust Vesten Elevator” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan uch million AQSH dollari yoʻnaltirilib yaratilgan quvvatlarning birinchi bosqichi harakatga keltirilishi tufayli korxona konveyeridan dastlabki liftlar chiqa boshladi.

— Korxonamiz jadal rivojlanib borayotgan binokorlik sanoatining zarur mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishda faol ishtirok etadi, — deydi MCHJ rahbari Islomjon Rahimov. — Buyurtmachilarimiz tayin, joriy yilning oʻzida ularga 200 dona lift yetkazib beramiz. Keyingi chorakdan ish boshlaydigan eskalatorlarni yigʻish sexida esa yuzta harakatlanuvchi yoʻlaklar tayyorlanadi.

Biznes-rejaga koʻra, chustlik liftsozlar tomonidan ishlab chiqarishga kirishilgan mahsulotning ellik foizi ichki, qolgan qismi tashqi bozorga yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер