Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti qayta tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari bir oy muddatda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayta tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli xonaki parranda zotlarini yaratish boʻyicha topshiriq berdi.
“Baliqsanoat” uyushmasi yil yakuniga qadar 400 ming tonna mahsulot yetishtirishga shaxsan masʼul etib belgilandi.
– Joriy yil yakunigacha 317 ta loyihani ishga tushirish orqali, 20 ming gektar yangi maydonida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish va qoʻshimcha 200 ming tonna mahsulot olinishi shart,– dedi Prezidentimiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring