“Choralarni kuchaytirish kerak!” — JSST dunyo mamlakatlarining koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatosini maʼlum qildi
Foto: РИА Новости
Koronavirusga qarshi kurashda mamlakatlarning asosiy xatosi faqat vaksinalarga ishonishdir. Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich fikrlari.
“Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi kurashning asosi boʻlib qolmoqda: ularni kuchaytirish kerak”, deydi Yazarevich.
Qaysidir maʼnoda Yazarevichning gaplariga jon bordek. Negaki, soʻnggi paytlarda vaksinalar bilan bogʻliq turli noxush xabarlar tarqalmoqda. Masalan, Daniya, Italiya va Norvegiyadan keyin Islandiyada aholini “AstraZeneca” kompaniyasi vaksinasi bilan emlash toʻxtatildi. Bu ushbu preparat bilan emlangan insonlar organizmida ayrim oʻzgarishlar yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalayotgani bilan bogʻliq.
Avvalroq, Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqida AQSHning "Johnson & Johnson" kompaniyasi tomonidan tayyorlangan koronavirusga vaksinasidan foydalanishni maʼqullagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring