Choʻligulistonliklarning 60 yillik orzusi ijobat boʻldi

11:52 21 Yanvar 2025 Jamiyat
282 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovon tumanining “Choʻliguliston” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bundan 60 yil oldin qurilgan boʻlib, bugungi kunda bilim maskanida 205 nafar kelajagimiz vorislari taʼlim oladi.

Shundan buyon mahallaning kattayu kichigi maktabda sport zali qurilib, oʻgʻil-qizlarning jismoniy barkamolligi uchun sharoitlar yaratilsa, deya orzu qilishadi. Bugun hudud ahlining uzoq yillik orzusi roʻyobga chiqdi.

2024-yili maktab jamoasi ”Tashabbusli byudjet” loyihasida sport zali qurish taklifini kiritib, yakunda gʻolib chiqishgandi. Shu tariqa qisqa fursat ichida 1 mlrd 350 mln soʻm mablagʻ evaziga zamonaviy sport zali qurib bitkazildi.

— Gapning ochigʻi, barcha sharoitlarga ega sport zali boʻlishi maktabda oʻqigan oʻquvchilarning bir necha avlodi ushalmas orzu boʻlib qolgandi, — deydi mehnat faxriysi Azimjon Rahmonov. — Bugun ramziy tasma qirqilib, yangi bino foydalanishga topshirilishi asnosida mahallamizdan mamlakat chempionlari, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻoliblari yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер