Chiroqchida YTH: 3 kishi vafot etdi. Ular orasida 1 yashar bola ham bor
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 19-avgust kuni soat 18:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani 4R-84 «Yakkabogʻ-Chiroqchi-Shoʻrbozor» avtomobil yoʻlining 38-kilometrida haydovchi 1987-yilda tugʻilgan B.E. «Neksiya» rusumli avtomobilni boshqarayotib, quvib oʻtish qoidalarini buzishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1983-yilda tugʻilgan O.S. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.
Natijada, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda yoʻlovchilari 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N.lar ogʻir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.
Ushbu avtomobil yoʻlovchisi 26 yoshli O.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini, oʻzi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻymasliklarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring