Chirchiqda Qirgʻiz Respublikasiga tegishli harbiy vertolyot toʻliq taʼmirlanib, oʻz egalariga topshirildi

16:16 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
182 0

Oʻzbekiston hamda Qirgʻiziston hamkorligi mustahkam poydevorga ega. Umumiy tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarimizning oʻxshashligi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston mustaqillik yillarida qoʻshni Qirgʻiziston bilan doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor berib kelmoqda. Ham tarixi ham qadriyati uygʻun ikki qardosh xalqlar oʻzaro qoʻshnichilik aloqalarini yuksak qadrlaydi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida hamkorlik masalalarining mustahkamligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va barqaror rivojlanishni taʼminlashda alohida oʻrin tutadi.

Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda hamkorlikning barcha jihatlarini qamrab olgan Oʻzbekiston—Qirgʻiziston ikki tomonlama aloqalarida, shu jumladan, harbiy hamkorlik yoʻnalishida ham bugun misli koʻrilmagan yuksalish kuzatilmoqda.

Joriy yilning 17-oktabrida Chirchiq aviatsiya taʼmirlash zavodida Qirgʻiz Respublikasiga tegishli MI-8MTV rusumli harbiy vertolyoti toʻliq taʼmirlanib, qoʻshni mamlakat harbiy delegatsiyasi vakillariga tantanali ravishda topshirildi.

Bir necha kun davomida ikki mamlakat mutaxassislari toʻliq kapital taʼmirdan chiqarilgan mazkur harbiy uchoqning sinov parvozlarini amalga oshirishdi. Vertolyot mutaxassis koʻrigidan hamda sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, foydalanishga shay holatga keltirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер