Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida suvga tushib ketgan “Spark” avtomashinasi va uning atrofida fuqarolar oqib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat IIBB axborot xizmati boshligʻi Bobur Toʻlaganovning maʼlum qilishicha, barcha fuqarolar qutqarib olingan.
Bildirilishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Iqbol” mahallasida 53 yoshli ayol (haydovchi Д.М.) “Spark” avtomashinasini orqaga harakatlantirayotgan vaqtida ehtiyotsizlik sabab suvga tushib ketgan.
Toʻlaganovga koʻra, hodisada hech kim jabrlanmagan. Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolar shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda qutqarib olingan.
Shuningdek, avtomashina ham suvdan olib chiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Nexia-2” kanalga tushib ketishi oqibatida avtoulov haydovchisi va 4 nafar yoʻlovchi halok boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring