Chirchiqda beshkurashchilar “Lazer-ran” turnirida bellashishdi
Chirchiq shahridagi OʻzDJTSU maydonida zamonaviy beshkurashning lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha “Lazer-ran Siti-tur” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 9 yoshdan 63 yoshgacha boʻlgan 272 nafar koʻngilli ishtirok etdi.
Ishtirokchilar asosan yoshlardan iborat boʻlib, Universitet talabalari qatori Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelgan atletlar raqobat olib borishdi. Yakunda barcha ishtirokchilarga sertifikatlar, gʻolib va sovrindorlarga esa medal va diplomlar topshirildi.
Qolaversa, musobaqa doirasida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda Universitetning Sport koʻpkurashlari fakulteti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga koʻra tomonlar seminarlar tashkil etish va bu orqali mutaxassislarning malakasini oshirish, ushbu sport turini yanada rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring