Chirchiq shahrida 80 gektar maydonda oʻrmon-bogʻ barpo etiladi
Illyustrativ foto
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Chirchiq shahrida 80 gektar yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida oʻrmon tipidagi istirohat bogʻi va dam olish maskani barpo etiladi.
Hujjatga koʻra, istirohat bogʻi va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay boʻlgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.
Shuningdek, bolalar shaharchasi, eko-ferma (hayvonot bogʻi), skeyt-park, sunʼiy tirmanish qoyasi, turli xildagi sport maydonchalari va attraksionlar, yugurish va velo-yoʻlaklar, tabiiy amfiteatr maydoni barpo etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring