Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqayotgani haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

22:52 17 Avgust 2021 Jamiyat
1363 0

Foto: Oʻzbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani “Chingeldi” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida tarqalgan xabarlar tarqalgan edi.

Holat yuzasidan Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, “Toshkent suv taʼminot” MCHJ Chirchiq shahar boʻlimi mutaxassislari tomonidan oʻrganish olib borildi. 
 

Foto: Oʻzbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, oʻrganish davomida aniqlanishicha, Chirchiq daryosi Chingeldi hududidan oʻtgan qismiga Chirchiq suv tozalash inshootidan kelib qoʻyilayotgan qayta ishlangan oqava suv massasi tashlanmoqda. Suvning tashqi koʻrinishida, rangida kimyoviy moddalar mavjud ekani yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Mutaxassislar fikriga koʻra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray tumani hududlarida joylashgan sanoat korxonalari tomonidan mazkur oqava suv tizimiga meʼyoridan ortiq kimyoviy moddalar oqizilayotgani, ushbu korxonalarda zamonaviy lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi sanoat korxonalarida oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish choralarini koʻrishga, suv tozalash inshootlari samaradorligini oshirish, ochiq suv havzalariga tashlanayotgan suv sifatini meʼyorlar darajasida boʻlishini taʼminlashga chaqiradi. 
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan suvdan laboratoriya tahlil uchun probalar olindi, oʻrganish davom etmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер