Chiqindini olishni iltimos qilgan mahalla raisini furgonda urib ketishdi. U hayotdan koʻz yumdi.
Fransiyaning Var departamenti(bizdagi qishloqqa oʻxshash hudud) Sin kommunasi(bizdagi mahallaga oʻxshash hudud) meri(bizdagi oqsoqolga oʻxshash lavozim) Jan Matyo Mishelni yoʻl chetiga tashlangan chiqindini olib tashlashni soʻraganidan soʻng mashinada urib ketishdi.
Gap shundaki, 76 yoshli oqsoqol ikki nafar ishchi yuk tashuvchi avtomobil(furgon)dagi qurilish chiqindilarini yoʻl chetiga tashlayotganini koʻrib qoladi. Ulardan bunday qilmaslik va chiqindilarni yigʻishtirib olishlarini soʻraydi. Avvaliga ishchilar unga quloq solishdi, biroq mer politsiya kelishini kutishlarini soʻraganida, ketishga urinishadi. Burilib, mashina orqasida turgan kommuna raisini urib yuborishadi. Keksa inson hayotdan koʻz yumdi.
Furgon haydovchisi va yoʻlovchisi qoʻlga olingan. Ayni paytda tergov boshlangan. Unda mer baxtsiz hodisa qurboni boʻlgani, yoki qasddan oʻldirilganiga aniqlik kiritlyapti.
Jan-Matyo Mishel kommuna rahbari lavozimiga 1983-yildan buyon olti marta ketma-ket tayinlangan edi. Yangi saylovlargacha uning oʻrnini oʻrinbosari egallab turadi. Var departamentidagi 153 ta kommunada motam eʼlon qilinib, bayroqlar tushirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring