Chiqindi yigʻuvchi maxsus texnikalar topshirildi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyati shahar va tumanlarida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovini oshirish va aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida “Eko-Klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga lizing asosida 5 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar topshirildi.
Buning natijasida Shovot, Xiva tumanlari va Xiva shahrida korxona-tashkilotlar hamda aholi xonadonlarida toʻplangan maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish imkoniyati kengaytiriladi.
Maʼlumot uchun, ushbu texnikalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida olib kelindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring