Chinoz tumanidan keltirilgan qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari aniqlandi

19:08 21 Noyabr 2023 Jamiyat
441 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shoʻrchi tumanidagi “B.f.” xususiy korxonasi rahbari F.M. xaridorga 205 dona “KVADRAT” nomli alkogol mahsulotini 4,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkoni va omborxonasidan Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan 19 xil turdagi umumiy bahosi 981,8 mln soʻmlik jami 29 080 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “X.S.” MCHJga qfarashli savdo doʻkonida kirim hujjatlari boʻlmagan “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan umumiy bahosi 160 mln soʻmlik jami 4 524 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanidagi “F.M.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan jami 316 dona alkogol mahsuloti savdoga qoʻyilganligi, shuningdek 704 dona qalbaki aksiz markalar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish), 186-1-modasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер