Chinoz tumani hokimi ham oʻzgardi

20:09 30 Yanvar 2021 Siyosat
3768 0

Xalq deputatlari Chinoz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Xususan, tuman hokimi vazifasida ishlagan Akmalxon Maʼdiyev lavozimidan ozod qilindi.

Uning oʻrniga Alimbekov Botir Bahodirovich nomzodi Chinoz tumani hokimi lavozimiga tavsiya etildi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq soʻzladi.

Xalq deputatlari tuman kengashining qarori bilan Alimbekov Botir Bahodirovich - Chinoz tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер