Chinobod korxonasida sport mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Baliqchi tumanidagi Chinobod shaharchasida faoliyat olib borayotgan “Quvvat ul kamol” MCHJ 20 nafar ishchilardan tarkib topgan. Shunday boʻlsada, ular 3 sexda 40 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

— Korxonamiz sport mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, — deydi korxona ish erituvchisi Jasurbek Muhiddinov. — Hozirgi kunda bir oyda oʻrtacha 4 ming dona mahsulot tayyorlayapmiz. Sport kiyimlari va anjomlariga boʻlgan talab nafaqat, ichki bozorda, balki qoʻshni davlatlarda ham yuqori boʻlganligi sababli eksport salohiyatimiz kundan-kunga ortib bormoqda.

Shu shaharchadagi yana bir korxona LD sport MCHJda esa 200 kishi samarali mehnat qilib kelmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan sport mahsulotlariga, nafaqat, qoʻshni davlatlardan, balki, Yevropa mamlakatlaridan ham xaridorlar bisyor. Shu kunlarda korxonada velosiped ishlab chiqarish sexi ish boshlashi kutilmoqda. Bu yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring